«Harbiy qasamyodlar kuni». Germaniya mudofaa vaziri ham bugundan ishga kirishdi
Bundestagning bugun, 24-iyul kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida 56 yoshli Annegret Kramp-Karrenbauer tantanali ravishda qasamyod qilib, Germaniya mudofaa vaziri sifatida rasman ishga kirishdi. Bu haqda «Eeadaily» xabar berdi.
Annegret Kramp-Karrenbauerni Germaniya kansleri Angela Merkelning odami sifatida e’tirof etishmoqda.
Mana shu navbatdan tashqari yig‘ilish uchun ta’tilda yurgan 709 nafar deputat qaytib keldi. Ularning samolyot chiptalari (birinchi klassli chiptalarga ham) pul davlat g‘aznasidan ishlatiladi. Nemislar — hisob-kitobli xalq. Masalan, «Die Welt» gazetasi yozishicha, deputatlarning «qaytish chiptasi» soliq to‘lovchilarga 100 ming yevroga tushgan.
Germaniya mudofaa vazirligi bir ayoldan ikkinchisiga o‘tmoqda: Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari bo‘lib ko‘tarilib ketgach, o‘rni bo‘shab qolgandi.
Mavzuga oid: Pentagonning yangi rahbari rasman ish boshladi. Mark Esper haqida nimalarni bilamiz?
Yangi harbiy vazir Annegret Kramp-Karrenbauer faoliyatidagi yangi bu bosqichni AQShning harbiy xarajatlarni YaIMning 2 foizigacha oshirish talabiga «labbay», deb javob berish bilan boshlayapti. Aftidan, yangi vazir ushbu qarorini Germaniya oliy rahbariyati bilan kelishib olgan, xususan, Germaniya kansleri Angela Merkel «vorisi» bilan deyarli bir paytda mudofaa xarajatlari kelgusida oshishda davom etishi haqida bayonot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter