Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har to‘rtinchi 30 yoshli oila qurishni istamaydi — Yaponiya

Har to‘rtinchi 30 yoshli oila qurishni istamaydi — Yaponiya

Foto: «Kommersant»

Yaponiyada yashovchi hali turmush qurmagan 30 yoshlilarning har to‘rtinchisi kelajakda ham o‘z oilasi bo‘lishini istamaydi. Hukumat tadqiqotlariga asoslangan Kyodo agentligi shunday xabar berdi.

Shaxsiy erkinlikni yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chish, ro‘zg‘or tashvishlari, xarajatlarning ko‘payishi — oila qurishni istamayotganlar dastaklayotgan asosiy omillar shular.

Tadqiqotda 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar yaponiyalik qatnashdi.

Natijalar: 30 yoshdagi erkaklarning 54,6 foizi, ayollarning 62,6 foizi nikohdan o‘tgan. 30 yoshlilar orasida oldin nikohdan o‘tmagan, biroq kelajakda turmush qurish istagidagilar erkaklar va ayollar o‘rtasida bir xil — 46,4 foizni tashkil etdi. Kelajakda turmush qurishni istamayotganlar esa erkaklar orasida — 26,5 foiz, ayollar orasida — 25,4 foiz.

Bundan tashqari, 20 yoshlilar o‘z kelajagini qanday ko‘rayotgani ham ma’lum bo‘ldi: 19,3 foiz erkaklar va 14 foiz ayollar kelgusida oila qurish niyatida emas.

Yuqoridagi tadqiqotga ko‘ra, 2021-yilda Yaponiyada ro‘yxatga olingan nikohlar soni 514 mingtaga tushib ketdi — bu Ikkinchi jahon urushidan beri eng past ko‘rsatkich.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring