Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har beshinchi qozog‘istonlik mamlakatdan ko‘chib ketishni o‘ylaydi - tadqiqot

Har beshinchi qozog‘istonlik mamlakatdan ko‘chib ketishni o‘ylaydi - tadqiqot

Foto: Xabar.uz

Har beshinchi qozog‘istonlik boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni xohlashi ma’lum bo‘ldi

«Demoscop» jamoatchilik fikrini ifodalovchi monitoring byurosi qozog‘istonliklar o‘rtasida migratsiya muammosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqotda migratsiya kayfiyati va malakali mutaxassislarning chetga chiqib ketish sabablari aniqlandi.

«So‘rov natijalariga ko‘ra, har beshinchi respondent (21%) mamlakatdan chiqib ketish haqida o‘ylaydi. Ularning 6,9 foizi keyingi ikki-uch yil ichida ketishni rejalashtirgan, 5,6 foizi hozir ketishni xohlaydi, lekin hali imkoni yo‘q, 8,4 foizi esa ma’lum sharoitlarda ko‘chib o‘tishni o‘ylamoqda. Shu bilan birga, 78,5 foizi yaqin yillarda Qozog‘istonni tark etish niyatida emas», — ta’kidladi tadqiqot mualliflari.

Migratsiya kayfiyatlari ko‘proq yoshlar va o‘rta yoshdagilar orasida kuzatiladi. 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan guruhda, taxminan 25%, 30 yoshlilar orasida bu ko‘rsatkich 30% ga etadi.

O‘ttiz yoshlilarning har o‘ndan biri keyingi ikki-uch yil ichida ketishni qat’iy rejalariga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring