HAMAS Isroil markaziga raketa hujumi uyushtirdi
![HAMAS Isroil markaziga raketa hujumi uyushtirdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_424828202.jpg)
HAMAS Rafah hududidan Isroilning markaziy qismiga kamida 12 ta raketa uchirdi. Bu Falastin harakatining yanvar oyidan buyon Tel-Avivga qilgan ilk yirik hujumidir.
Hujum uchun javobgarlikni HAMASning harbiy qanoti – «Iziddin al-Qassam» o‘z zimmasiga oldi. Harakat bu Isroilning G‘azodagi tajovuziga javob ekanini ma’lum qilgan.
Tel-Avivdan tashqari boshqa shahar va aholi punktlarida, jumladan Gerzliya va Petah-Tikvada ham havo hujumiga qarshi sirenalar ishga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter