HAMAS Moskvada: Rossiya guruhga so‘rov bilan chiqdi
Moskvada HAMAS harakati vakillarining Rossiya Tashqi ishlar vazirining Yaqin Sharq bo‘yicha o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Falastin delegatsiyasiga HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Bassem Naim va xalqaro aloqalar bo‘yicha vakil Abu Muso Marzuklar yetakchilik qilgan.
Tomonlar G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni muhokama qildilar, deyiladi OAV xabarida.
Rossiya tomoni, shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrdan beri HAMAS tomonidan garovga olingan rossiyaliklarni ozod qilishni so‘radi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda uch nafar rossiyalik garovda ushlab turilibdi.
Uchrashuvning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmagan. O‘t ochishni to‘xtatish, Isroil bilan muzokalar, mojaroda Rossiyaning o‘rni xususida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avval ham HAMAS vakillari Moskvaga borgan edilar. Isroil esa keyinchalik Rossiyaga norozilik bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter