Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ha yoki yo‘q»: pandemiya sharoitida nikohdan o‘tishning nyu-yorkcha usuli

«Ha yoki yo‘q»: pandemiya sharoitida nikohdan o‘tishning nyu-yorkcha usuli

Foto: «Svadbagolik»

AQShning Nyu-York shtati nafaqat AQSh, balki dunyo miqyosida ham koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p aziyat chekayotgan hudud. Qattiq karantin choralari qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, shtatda videoaloqa vositasida nikoh marosimlari o‘tkazishga ruxsat berildi.

Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo «Tvitter» orqali ma’lum qildi.

Kuomo oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «nikoh haqida gap borarkan hech qanday «ha» yoki «yo‘q»qa o‘rin yo‘qligini, buni «Zoom» (ilova) yordamida amalga oshirish mumkinligini aytib hazillashgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha, Nyu-York shtati qonunchiligiga ko‘ra, masofadan turib nikohdan o‘tish man etilgan, kelin va kuyovning shaxsan kelishlari talab etilardi.

Nyu-York shtatidagi nikohni qayd etuvchi ko‘plab muassasalar COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan yopilgandi. Endi, gubernatorning shaxsan o‘zi, amaldagi qonunni vaqtincha istisno etgan holda, masofadan turib ham nikohdan o‘tishga ruxsat berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring