Gruziyadagi saylovning ekzitpol natijalari e’lon qilindi
![Gruziyadagi saylovning ekzitpol natijalari e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3147330831.jpeg)
Bugun, 2-oktyabr kuni Gruziyada mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Yetakchi «Gruziya orzusi» partiyasi 47,6 foiz ovoz bilan peshqadamlikni saqlab qoldi, sobiq prezident Mixail Saakashvilining «Yagona milliy harakat» partiyasi ovozlarning 27,1 foizini to‘pladi, deyiladi «Imedi» telekanali ekzitpol xabarida.
«Imedi» sobiq futbolchi Kaxa Kaladze Tbilisi meri lavozimini saqlab qolishini ham ta’kidlamoqda — saylovchilarning 51 foizidan ziyodi unga ishonch bildirishdi.
Biroq muxolifatchi «Mtavari arxi» va «Formula» telekompaniyalarining ekzitpollari boshqacharoq, ya’ni, Tbilisi hokimligi uchun saylovning ikkinchi turi o‘tkazilishini ko‘rsatmoqda. Bular tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Kaladze saylovchilarning 40 foizdan 43 foizgacha ovozini olgan, xolos. Uning raqibi — «Yagona milliy harakat» partiyasi yetakchisi va nomzodi Nikanor Meliyaga esa 39 yoki 40 foiz saylovchilar ovoz berishgan.
Saylovning ikkinchi turi biron-bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmagan taqdirda o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter