Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada jamoat joylarida chekish butunlay taqiqlandi

Gruziyada jamoat joylarida chekish butunlay taqiqlandi

Foto:«RIA Novosti»

Gruziyada bugun, 1-maydan boshlab barlar, restoranlar, mehmonxonalar va boshqa jamoat joylarida tamaki chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Ba’zi noqulayliklar bo‘lsa ham biz insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini asrab qolamiz. Biz ertangi kunda insonlar, shu jumladan bolalarni asrash niyatidamiz», — deya ma’lum qilgan deputat Akakiy Zoidze. 

Qonunga ko‘ra mazkur qoidani buzgan jismoniy shaxs 100 lari (40 AQSh dollaridan ziyod), xususiy obyekt 500 lari (200 AQSh dollari atrofida) jarima to‘laydi. Agar bu holat yana takrorlansa, 1000 lari (400 AQSh dollari atrofida) jarima solinadi.

Hujjatga ko‘ra chekishga faqat uyda, ko‘chalardagi maxsus chekish joylarida ruxsat etiladi. Shuningdek 1-maydan tamaki mahsulotlarini reklama qilish ham taqiqlandi.

Statistikaga ko‘ra Gruziyada har uch kishidan bittasi chekuvchi sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring