Gruziyada hukumatning iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazildi
![Gruziyada hukumatning iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3019694135.jpg)
Gruziya poytaxti Tbilisida hukumatning iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazildi. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, aholi Rustaveli chorrahasidagi chodir shaharchaning buzilishini talab qilgan, biroq hukumat shaharchani buzishga va’da bergan bo‘lsa-da, buni bajarmagani namoyishlarga sabab bo‘lgan.
Namoyishdan avval Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili aholi oldiga chiqqan. Lekin uning so‘zlarini hech kim tinglamagach, qaytib ketgan.
Avvalroq Gruziya bosh prokurori namoyishchilarning talabi bilan iste’foga chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 12-may kuni Tbilisida kechqurun poytaxtning tungi klublarida Ichki ishlar vazirligi o‘tkazgan maxsus operatsiya oldidan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.
Namoyishlar davomida 8 nafar og‘ufurush hibsga olindi, 70 ga yaqin kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Namoyishchilarga politsiya xodimlari kuch ishlatgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter