Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya va Armanistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Gruziya va Armanistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

Gruziya va Armanistonda kuchli zilzila yuz berdi. Gruziya seysmologiya markazi xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan 13-fevral soat 22:25 da yuz bergan  zilzila episentri mamlakat janubidagi Sameba qishlog‘ida, poytaxt Tbilisidan 58 kilometr olisda joylashgan bo‘lib, magnitudasi 6,2 ballni tashkil etgan.

Kuchli yer silkinishlari Tbilisi va boshqa shaharlarda ham sezilgan.

Armanistonning Gruziyaga qo‘shni shimoliy qismida zilzila kuchi 5,4 ballga yetgan. Zilzila markazi Gyumri shahridan 42 kilometr olisda joylashgan.

Ozarbayjonda yer silkinishi 3,5 ballni tashkil etgan.

Qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, binolarga shikast yetishi holatlari kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring