Gruziya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza jo‘natdi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili respublikaga Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilishi so‘ralgan arizani imzoladi.
Hukumat rahbarining murojaati uning «Facebook»dagi sahifasida translyasiya qilindi.
«Ushbu arizaning topshirilishi Gruziyaning Yevropaga integratsiyalashuvi sari muhim qadam bo‘ldi. Gruziya — Yevropa davlati», — dedi Garibashvili.
Eslatib o‘tamiz, YIga a’zolikka nomzodlik maqomi so‘ralgan arizani Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham imzolagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter