«Grippning kichkinasi». Braziliya prezidenti sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Mandetta koronavirusga qarshi qattiq cheklovlar tarafdori edi.
Prezident esa iqtisodiyotga yetayotgan zararni kamaytirish uchun shtatlar gubernatorlarini cheklovlarni yumshatishga chaqirmoqda. Bolsonaruning fikricha, koronavirus bu — «grippning kichkinasi», u cheklovlar joriy etilgani uchun shtatlar gubernatorlarini tanqid qilgan, Mandetta esa ularning tarafini olgan.
Bolsonaru sog‘liqni saqlash vaziri ish o‘rinlarini saqlab qolish zaruratini umuman tushunmasligini aytib, barchani yana oldingi ish faoliyatiga qaytishga chorlagan. Uning ta’kidlashicha, bundan keyin ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashga davlatning kuchi yetmaydi.
«Biz virus rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga chiqdik deb o‘ylamang. Sog‘liqni saqlash tizimimiz kasallar (koronavirus) ko‘payishiga hali tayyor emas», — dedi sobiq vazir Mandetta xayrlashuv nutqida.
Ma’lumot uchun: Braziliyada 17-aprelda koronavirus bilan kasallanganlar soni 30891 nafarga yetdi. Shulardan 1952 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter