Greta Tunberg maktabga qaytdi
Global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashib tilgan tushgan shvetsiyalik Greta Tunberg maktabiga qaytdi. Bu haqda «The Guardian» yozmoqda.
My gap year from school is over, and it feels so great to finally be back in school again! pic.twitter.com/EKDzzOnwaI
— Greta Thunberg (@GretaThunberg) August 24, 2020
Greta maktab sumkasini ortmoqlab maktabga yo‘l olgan suratini «Twitter»da joylashtirdi.
«Bir yillik ta’tilim tugadi, maktabga qaytish qanday soz», — deb yozilgan suratga izohda.
Greta Tunbergning isyoni 2018-yilda boshlangan, o‘shanda u parlament binosi oldiga borib, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish kerakligini talab qilgandi. Bu holat har juma kuni takrorlanavergan.
2019-yilning 23-sentyabr kuni BMTning iqlimiy sammitida so‘z olgan Greta Tunberg jahon mamlakatlari yetakchilarini «o‘zining bolaligini o‘g‘irlashda» ayblangandi.
Greta Tunberg ekoisyon ramziga aylandi. Nomzodi Nobel tinchlik mukofotiga ham ko‘rsatilgan. 2019-yilning dekabr oyida «Time» jurnali uni «yil kishisi» deya e’tirof etgan.
Greta Tunberg haqida ko‘proq ma’lumotlar ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter