Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 26 kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 26 kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi.

Shuningdek, 85 nafar jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi, deydi Gretsiya o‘t o‘chirish xizmati matbuot kotibi Vassilis Vartakoyannis Gretsiya jamoat televideniyesi efirida.

Avvalroq 16 qurbon haqida ma’lum qilingan, biroq odamlarni qutqarish operatsiyasi davom etayotganini qayd etgan.

Poyezdlar yarim tunda Larisa shahri yaqinidagi Tempi shaharchasida to‘qnashib ketgan. Hodisa Afinadan 200 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Evangelismos bekatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in chiqdi, uchta vagon relsdan chiqib ketdi.

Hoidsa oqibatlarini bartaraf etishda 150 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda, voqea joyida 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring