Gretsiya prezidenti yuragidan operatsiya bo‘ldi
Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos kardiologik tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Gratsiya prezidenti matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Prezident har yili Onassis kardioxirurgiya markazida tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
«Tekshiruv jarayonida prezidentning yuragiga stent qo‘yishga qaror qilindi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi», – deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lumotida.
Prezident 23-maydan odatdagidek o‘z vazifasini bajarayapti.
Stent o‘rnatish yurakning toraygan tomirlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter