Gorbachyovning Sobiq Ittifoqni parchalab yuborgan asosiy xatosi nima edi?
Sobiq Ittifoqning so‘nggi rahbari Mixail Gorbachyovning davlat parchalanishidan oldin qilgan asosiy xatosi nima ekani aytildi.
Bu haqda KPSS Markaziy qo‘mitasining sobiq kotibi, tarix fanlari doktori, professor Vladimir Kalashnikov Lenta saytiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Sobiq kotibning aytishicha, Gorbachyov SSSR prezidenti lavozimidagi so‘nggi kuni deputat, professor Anatoliy Denisovga shunday degan: «O‘ylaymanki, men partiya bosh kotibligi lavozimidan ketishga shoshildim. Partiya himoyasi men uchun juda ham muhim bo‘lishi mumkin edi...».
Kalashnikovning so‘zlariga ko‘ra, bu ibora Gorbachyovning sarosimaga tushib qolganini, shuningdek, vaziyatni ehtiyotkorlik bilan baholay olmasligini ko‘rsatadi.
«Gap uning Bosh kotiblik lavozimidan ketishga shoshilganida emas, balki Yelsinga bir kun ichida KPSSni mag‘lub etishga ruxsat berib, 23-avgustda «Staroy ploщad»dagi «KPSS Markaziy Qo‘mitasi binolari majmuasi faoliyatini to‘xtatib turish to‘g‘risida» ruxsatnomani imzolaganida edi», — deydi KPSS Markaziy Qo‘mitasining sobiq kotibi.
Kommunistlar Gorbachyovning bu pozitsiyasini xiyonat sifatida baholadilar. Bundan oldin, KPSS va Markaziy qo‘mitada uning tarafdorlari ko‘p edi, ammo bunday harakatlardan keyin ular yo‘qoldi, deya xulosa qilgan Kalashnikov.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 1991-yil 25-dekabrda iste’fo bergan edi. Bugun Sobiq Ittifoq rasman barham topganiga 30 yil to‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter