«Google»ni foydalanuvchilarni kuzatgani uchun sudga berishdi
![«Google»ni foydalanuvchilarni kuzatgani uchun sudga berishdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4281713740.jpg)
San-Diyegoning Napoleon Pataksil ismli fuqarosi «Google»ni Android va iOS foydalanuvchilarning harakatini kuzatishda ayblab, sudga berdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Da’vogar kompaniya agar foydalanuvchilar «Joylashuvlar tarixi»ni o‘chirib qo‘yishsa, ularning harakatlari kuzatilmasligiga ishontirishini aytgan. Ammo uning fikricha, bu xizmat o‘chirib qo‘yilganidan so‘ng ham kompaniya odamlarni kuzataveradi.
U kompaniyani Kaliforniya maxfiylik qonunlarini buzganlikda va foydalanuvchilarning shaxsiy hayotiga aralashishda ayblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter