Gondurasning sobiq prezidenti AQSh talabi bilan hibsga olindi
AQSh talabi bilan Gondurasning sobiq prezidenti hibsga olindi. Uning ukasi esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Sobiq prezident Xuan Orlando Ernandes prezidentlik vakolatlari tugaganidan bir necha soat o‘tib, 15 fevral kuni milliy politsiya tomonidan hibsga olingan. U giyohvand moddalar savdosiga sheriklikda ayblanmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq prezidentning o‘zi uydan chiqib, politsiyaga taslim bo‘lgan.
AQSh huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, Ernandes, Kolumbiya va Venesueladan AQShga katta miqdorda kokain olib o‘tish operatsiyalarida ishtirok etgan. Shuningdek, u giyohvand moddalar sotuvchilarini tergov va ta’qiblardan himoya qilish uchun millionlab dollar olgan.
7 fevral kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken korrupsiyaga aloqadorligi sababli Ernandesga viza cheklovlari joriy qilgan.
Sobiq prezidentning ukasi Xuan Antonio Ernandes 2021 yilda AQSh sudi tomonidan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ernandes 2014 yildan buyon Gonduras prezidenti bo‘lib kelayotgan edi, 2022 yil yanvar oyida uning o‘rniga Siomara Kastro davlat rahbari etib saylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter