Gon va Kong: siyosiy sahnada — pandalar...
Avgust oyoqlab qolgan bir pallada Berlin hayvonot bog‘ida ikkita pandacha dunyoga keldi. Haqiqiy mo‘’jiza!
Endi ularga yaxshi nom topish qolgandi...
«Kelinglar, ularni Gon va Kong deb ataymiz, Gonkongdagi isyonlar sharafiga!», — deyishdi nemislar. — Yoki isyonkorlarning yetakchilari nomlariyam bo‘laveradi!». Bahonada jamoatchilik so‘rovini ham o‘tkazib olishdi: baribir Gon va Kongga yetadigani topilmadi («Xalq shuni talab qilmoqda!»).
Masalaning nozik joyi shundaki, pandalar asli Berlin hayvonot bog‘iga tegishli emas, Xitoydan ijaraga olingan. Hatto Xitoydan tashqarida tug‘ilgan pandachalar ham Xitoy mulki bo‘lib qoladi...
Berlinliklar pandalarni qanday atashmoqchiligini eshitib Xitoy hukumatidagilarning tepa sochi tikka bo‘lgani aniq.
Nega? Hammasi oddiy. Hademay bu pandachalar Xitoyga qaytadi, ularda esa maxsus ilova bor: ayiqchaning tumshug‘iga shundoq tutsangiz otigacha aytib beradi. Endi tasavvur qiling, hayvonot bog‘iga kelgan xitoylik fuqarolar ayfonlarini pandalarga tutishsa, pandalar Gon va Kong, Gonkongdagi isyonlar sharafiga shunday nomlanganini bilib olishadimi?..
So‘nggi qarorni Xitoy qabul qiladi, shunday ekan hech qanaqangi Gon va Kong bo‘lmasligi mumkin.
To‘g‘ri, dunyo hayvonot bog‘idagi pandalarning ismlari xalqaro munosabatlarni buzadigan darajada aynib ulgurgan emas. Hozircha.
Darvoqe, pandalar birinchi marta «siyosiy mavzu» qahramonlari bo‘layotgani yo‘q. Bir paytlar Xitoy Tayvanga Tuan-tuan va Yuan-yuan nomli pandalarni sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan ekan. Qitmirlikni qarang: «tuanyuan» — «birlashish» degani. Hiylani payqagan tayvanliklar ham bo‘sh kelishmadi va Du-du va Li-li dngan nom qo‘yilsagina sovg‘ani qabul qilishlarini aytishgan. Chunki «duli» — «mustaqillik» degani.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter