Golland parfyumerlari qahvaning o‘rnini bosuvchi atir ishlab chiqishdi
Niderlandiya olimlari qahva o‘rnini bosuvchi atir ishlab chiqishdi, deb yozmoqda «Golos». Aytishlaricha, bu atirning xushbo‘y hidi xuddi qahva kabi insonning ishchanligini oshiradi.
Yangi parfyumeriya mahsuloti «Spirit de Travail» nomi va mahalliy «Spaces» brendi ostida sotiladi.
O‘tgan asrning 80-yillaridayoq amerikalik olim Garri Shvars stress, g‘azab va yomon kayfiyatni odatiy hidlar vositasida haydash mumkinligini aytgandi. Golland parfyumerlari aynan Shvarsning ishlanmasidan foydalanishdi, aytilishicha, bu atir diqqatni jamlashda yordam beradi.
O‘ziga xos xushbo‘y va shuning barobarida foydali hidni yaratish uchun uzoq yillar izlanildi. Turli hidlarning inson energiyasini faollashtirishini o‘rganish uchun ko‘plab sinovlar o‘tkazildi. Yakunda sandal, dolchin, bergamot, vetiver va boshqa o‘simliklar iforini o‘zida jamlagan atir dunyoga keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter