Adolf Hitlerning Argentinadagi yashirin bunkeridan fotosuratlar va tangalar topildi (foto)
Arxeologlar Adolf Hitlerning Argentinadagi yashirin boshpanasi deyilayotgan joyni tekshirdilar. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.
Topilma haqida Amerika maxsus kuchlarining sobiq askari Tim Kennedi va Markaziy razvedka boshqarmasi faxriysi Bob Ber so‘zlab berishdi. «Hitlerning yashirin boshpanasi Buenos-Ayresdan 600 mil shimolda», dedi ular. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu noma’lum bino haqida afsonalar to‘qilgan.
Qidiruv ishlari davomida arxeologlar binolardan Germaniya yetakchisi Adolf Hitler va italiyalik diktator Benito Mussolining piyoda sayr qilib yurgan umumiy fotosuratini, shuningdek, Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davrida ishlab chiqarilgan oltin tangalar solingan 1940 yilgi qutini topdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter