Gitanas Nauseda — Litvaning yangi prezidenti
Kecha, 26-may kuni Litvada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, «SEB Bank» prezidentining sobiq maslahatchisi, saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan Gitanas Nauseda g‘olib chiqdi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saytida xabar berilishicha, Gitanas Nauseda 66,72 foiz ovoz to‘pladi, uning raqibi — sobiq moliya vaziri, seym deputati Ingrida Shimonitega esa saylovda qatnashganlarning 33,28 foizi ishonch bildirdi.
Ikkinchi bosqichda saylovchilarning 53,43 foizi yoki 2,427 mln. kishi qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter