Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan kelinchak

Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan kelinchak

Foto: «Newsae.ru»

Kiprlik kelin dunyodagi eng uzun fatasi tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda «Hindustan Times» nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mariya Paraskeva tikkan ushbu kelinlik bosh kiyimining uzunligi – 6962 metr.

«Bolaligimdan eng uzun fata bo‘yicha Ginnes rekordini yangilashni orzu qilganman. Kungirali xarirni uzunasiga yozib chiqish uchun 30 ko‘ngilli olti soat ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi», — dedi ayol.

Ginnesning rekordlar kitobi «Instagram»idagi rasmiy akkauntda Paraskeva kelinlik fatasini kiyib tushgan rolik paydo bo‘ldi. Qizig‘i, video 25 mingdan ortiq layk to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring