Gilosning yarim kilosi salkam 10 ming dollarga sotildi — Yaponiya
Yaponiyaning Yamagata prefekturasida bu yilgi birinchi savdolarda bir quti gilos (500 gramm) bir million iyena (9,8 ming AQSh dollari) narxida sotildi. Bu haqda «RIA Novosti» mahalliy qishloq xo‘jaligi kooperativlari uyushmasiga asoslanib xabar berdi.
Ushbu eng qimmat lot eng ertapishar Satonisiki navi mevalaridan iborat.
Gilosning nega buncha qimmatligi uni yetishtirish texnologiyasi bilan bog‘liq. Gilos daraxtlari maxsus tuvaklarda o‘stiriladi. Iyundan to oktyabr oyi boshigacha maxsus sovutkichlarda saqlangan gilos daraxtlari, keyin issiqxonaga ko‘chiriladi. Issiqxonada kunduzi 25 daraja, kechasi 13 daraja harorat bir xilda ta’minlanadi.
Tendo shahri bog‘bonlari Yaponiyadagi eng ertapishar gilosni yetishtirishlari bilan haqli ravishda faxrlanishadi. Yamagata prefekturasi esa butun Yaponiyadagi eng shirin giloslar o‘lkasi, qolaversa, mamlakatdagi jami gilosning 75 foizini yetkazib beradi. Ammo ularda ham oddiy giloslar bahorning oxirlari va yoz boshlarida pishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter