75 yoshida uylangan sobiq kansler sudga chaqirildi
Yaqin kunlarda Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoder sud qilinishi kutilmoqda. Unga qarshi yangi xotini — Soyon Shryoder-Kimning sobiq eri da’vo bilan chiqqan.
Shryoderga uncha-muncha ayblov qo‘yilmayapti — zino! Ayblov xulosasiga ko‘ra, aldangan er «emotsional stress»dan aziyat chekmoqda va kompensatsiya sifatida 100 million Janubiy Koreya vonini talab qilmoqda.
100 million von — taxminan 75 000 yevro. Bu sobiq kansler uchun uncha katta pul emas. Biroq bu ish bir necha yil oldin ko‘rilganida edi Shryoder jiddiyroq oqibatlardan xavfsiragan bo‘larmidi?! 2015-yilgacha Janubiy Koreyada er-xotin xiyonatiga ikki yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Aldangan er hanuz ajrashish azobidan qiynalmoqda — pul ko‘ngil ozorining o‘rnini to‘ldirishi kerak. Biroq bu «sevgi tarixi»da Shryoder qanday rol o‘ynadi? Mazkur savolga sud yig‘ilishida javob topiladi. Negaki 51 yoshli koreyalik (Shryoderning xotini)ning ta’kidlashicha, u 2015-yilda sobiq kansler bilan uchrashishni boshlaganida, uning plastik jarroh (oldingi eri) bilan nikohi allaqachon buzilib bo‘lgandi.
Shryoder bu vaqtda hali Doris Shryoder-Kyopf bilan ajrashmagandi: 19 yil birga kechgan umr 2018-yilda barham topdi. SDPG siyosatchisining ta’kidlashicha, uning nikohi amalda 2016-yilning bahoridayoq barham topgandi.
Mavzuga oid: Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoder beshinchi marta uylanadi: kelin — koreys tarjimoni
Nima bo‘lganda ham, Shredyor 2018-yilning mayida beshinchi marta uylandi. 75 yoshli kuyov nikohdan juda baxtiyor ko‘rindi, u hatto yangi qallig‘iga golf o‘ynashni o‘rgatdi. Berlindagi «Adlon» mehmonxonasida kechgan tantanali marosimda 51 yoshli «kelinposhsha» qo‘pol qadam tashlashi bilan hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter