Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada temiryo‘l qurilishida itlardan foydalaniladi

Germaniyada temiryo‘l qurilishida itlardan foydalaniladi

Germaniya temir yo‘l qurilish operatori Deutsche Bahn (DB) itlar yordamida yo‘l qurilishini tezlashtirishga qaror qildi. Hayvonlar ish vaqtida ularni xavfsizroq joylarga tezroq ko‘chirish uchun yovvoyi hayvonlarni qidirishga o‘rgatiladi. Bu haqda Reutersga asoslanib Lenta.ru ma’lum qildi.

Itlarga sudraluvchi ilonlarni, sariq qorinli qurbaqalarni, ko‘rshapalaklar, shuningdek, devor va qum kaltakesaklarini izlash o‘rgatiladi. Itlar ochiq havoda ham, ob-havo sharoiti har xil bo‘lgan iqlim kameralarida ham ishlashga o‘qitiladi. Ular tuxum po‘stlog‘i va tulash paytida to‘kilgan tuklar yoki teri hidi yordamida qidirishlari kerak bo‘ladi.

Hayvonlarning rivojlangan hid hissi tufayli yilning istalgan vaqtida Qizil kitobga kiritilgan o‘rmon hayvonlarini tezda topish va qurilishni erta boshlash mumkin bo‘ladi. Itlar maydonlarni o‘rganayotganda, kinologlar ma’lumotlarni planshetlarga yozib olishadi va uni loyihada ishtirok etayotgan barcha tashkilotlar kirish huquqiga ega bo‘lgan tizimga kiritadilar.

DBning infratuzilmani rejalashtirish bo‘yicha direktori Jens Bergmannning so‘zlariga ko‘ra, bu hayvonlarning Germaniyadagi qurilish loyihalariga birinchi marta yordamlashishi bo‘ladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, kinologlar allaqachon turli zotdagi oltita itni o‘qitishni boshlagan – ular 2022-yil boshidan ishchilarga yordam berishni boshlaydi.

May oyida Shotlandiya Grant’s Whisky zavodi spirtli ichimliklarni saqlash idishlari sifatini nazorat qilish uchun itni yollagan. Rokko ismli kuchuk yog‘och bochkalarni hidlaydi va ular viskiga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlaydi. It, shuningdek, butun zavodni o‘rganadi va agar u g‘alati hidni sezishi bilan xodimlarni ogohlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring