Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya XX asrda qilgan jinoyati uchun uzr so‘rab chiqdi. Nima bo‘lgandi?

Germaniya XX asrda qilgan jinoyati uchun uzr so‘rab chiqdi. Nima bo‘lgandi?

Germaniya XX asr boshlarida mustamlaka qo‘shinlari tomonidan Herero va Nama qabilalarining genotsid  qilinganini rasman tan oldi. Bu haqda rasmiy «Deutsche Welle» xabar bergan.

Rasmiy Berlin qurbonlarning avlodlaridan kechirim so‘raydi, deyiladi xabarda. Besh yildan ortiq muzokaralar natijasida Germaniya va Namibiya «umumiy tarixidagi eng qorong‘i mamlakatni baholash bo‘yicha kelishuvga erishdilar», dedi tashqi ishlar vaziri Xayko Maas.

Erishilgan kelishuvga ko‘ra, Germaniya Namibiyani qayta qurish va rivojlantirish uchun 1,1 milliard yevro ajratadi. Ushbu dasturni amalga oshirishda hal qiluvchi rol Namibiya tomoni bilan birgalikda muzokaralar jarayonida faol ishtirok etgan Herero va Nama vakillariga tegishli bo‘ladi. Ushbu genotsid 1904 va 1908-yillar oralig‘ida sodir bo‘lgani aytiladi. 

Namibiyaning iltimosiga binoan asosiy mablag‘lar Namibiyada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va isloh qilish, suv ta’minoti va kasb-hunar ta’limi uchun ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring