Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya Qatardan millionlab tonna gaz oladi

Germaniya Qatardan millionlab tonna gaz oladi

Qatar Energy va ConocoPhillips 2026-yildan boshlab Germaniyaga 15 yil muddatga suyultirilgan gaz (LNG) yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, Germaniya Qatardan yiliga ikki million tonna LNG olishi nazarda tutilgan. Bu Germaniyaga yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha birinchi uzoq muddatli shartnoma bo‘lib, mamlakatning energetik xavfsizligiga hissa qo‘shishi kerak.

Amerikaning ConocoPhillips korxonasi Germaniyadagi terminalga yetkazib berish uchun kelishilgan hajmlarni sotib oladi. Germaniya tomonidan LNG olish masalasi Rossiya gazining qisqarishi va Gazprom bilan shartnomalarga bog‘liqlikni kamaytirish istagi fonida dolzarb bo‘lib qoldi.

Qatar Energy o‘z navbatida Xitoy bilan 27 yil muddatga LNG yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Xitoyning Sinopec kompaniyasi har yili to‘rt million tonna LNG oladi. Bu sanoat tarixidagi eng uzoq muddatli shartnoma hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring