Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya aholisi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor kamaymoqda

Germaniya aholisi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor kamaymoqda

Foto: «Fabrizio Bensch / Reuters»

Germaniya aholisi 10 yil ichida birinchi marta qisqarmoqda, deya xabar berdi «Manager Magazine».

Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda taxminan 83,1 million kishi istiqomat qilmoqda — bu yarim yil oldingidan ko‘ra 40 ming kishiga kam. Aholi kamayishiga SARS-CoV-2 koronavirusi pandemiyasi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Birinchi navbatda, nemislar soniga chegaralarning yopilishi ta’sir ko‘rsatgan: mart oyidan boshlab mamlakatga oldingi yillarga qaraganda juda kam — 17 mingta odam kirib kelgan. Taqqoslash uchun 2019-yilning shu davrida 167 ming kishi kelgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati mehnatga layoqatli xorijliklarning mamlakatga kelishini yengillashtiradi. Negaki, Germaniyada tug‘ilishdan ko‘ra o‘lim soni ko‘proq. Pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun esa yoshlarga ehtiyoj katta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring