Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Gazprom” O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kubometr gaz yetkazib beradi – OAV

“Gazprom” O‘zbekistonga yiliga 6 mlrd kubometr gaz yetkazib beradi – OAV

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi joriy yilning 4-choragidan Qozog‘istondan o‘tuvchi “Markaziy Osiyo – Markaz” quvuri orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlaydi.

“Kommersant”ning yozishicha, gap yiliga 6 mlrd kub metrgacha yoki kuniga taxminan 18 million kubometr yetkazib berish haqida boryapti.

Yetkazib berish hajmlari har yili yangilanadi. Rossiyadan gaz tranziti Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “Markaziy Osiyo – Markaz” (CAC) gaz quvuri orqali amalga oshiriladi.

Yevropaga gaz eksporti kamaygani sababli Gazprom gaz hajmining bir qismini Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan Rossiya gazini ushbu mamlakatlarning ichki bozorlariga yetkazib berish va uning Xitoyga ehtimoliy tranziti bo‘yicha “gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qila boshlagan.

2022-yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish 2021-yilning shu davriga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,7 milliard kub metrni tashkil qildi. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkichning 56,3 milliard kub metrgacha oshishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring