G‘azodagi qurbonlar soni ham Quddusda AQSh elchixonasi ochilishini to‘xtata olmadi
AQShning Tel Avivdagi elchixonasi bugun Quddus shahri ko‘chirilgani va G‘azo sektorida qonli to‘qnashuvlar bo‘layotgani, unda 40 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shunga qaramay Quddusda AQSh elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Ochilish marosimida Isroil prezidenti Reuven Rivlin, bosh vazir Binyamin Netanyahu, AQSh tashqi ishlari vaziri muovini Jon Sullivan, moliya vaziri Stiven Mnuchin, Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner va Ivanka Tramp bilan birgalikda 4 nafar amerikalik senator ham qatnashdi.
Ochilish marosimidagi videokonferensiyada aloqaga chiqqan Tramp: «Isroil har bir mustaqil davlat kabi o‘z poytaxtini o‘zi belgilashi kerak», — dedi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter