G‘azodagi qochqinlar lagerida fojia yuz berdi
G‘azo sektorining shimolida joylashgan Jebaliya qochqinlar lagerida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘plab qurbonlar haqida ma’lumotlar kelib tushmoqda.
HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash boshqarmasi kamida 50 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ayrim manbalar 100 nafardan 400 nafargacha qurbonlar va jabrlanganlar haqida yozmoqda.
HAMAS guruhi Isroil tomonini qochqinlar lageriga raketa hujumi uyushtirganlikda aybladi.
Isroil mudofaa kuchlari hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 18-oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy» baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida 800 nafardan ziyod begunoh odam halok bo‘lgandi. Bu mojarodagi eng qonli voqea bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter