Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘arbiy Afrikada xavfli virus yuqtirgan ilk bemor vafot etdi

G‘arbiy Afrikada xavfli virus yuqtirgan ilk bemor vafot etdi

G‘arbiy Afrikada joylashgan Gvineyada Ebola virusiga o‘xshash virus ilk marta qayd etildi. Ushbu o‘ta xavfli kasallikni yuqtirgan bemor vafot etdi, deya yozadi Daily Mail.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bemor Marburg virusidan vafot yetganini xabar qilgan. 

Virus birinchi marta 1967-yilda, Germaniyaning xuddi shu nomli shahrida aniqlangan. Afrikaning asosan janubi va sharqida Marburg virusining 12 ta yirik epidemiyasi kuzatilgan. Bir vaqtning o‘zida epidemiyalar Frankfurt va Belgradda (Serbiya) ham sodir bo‘lgan.

Gvineyada yangi holat birinchi marta o‘tgan haftada aniqlandi, mamlakat Ebola virusidan xoli deb e’lon qilinganidan atigi ikki oy bo‘lgandi. Ungacha Eboladan 12 kishi vafot etgan. Yangi virusni yuqtirgan bemor mahalliy klinikaga murojaat qilgan, uning ahvoli birdan yomonlashgan. So‘ngra, Gvineya gemorragik isitma laboratoriyasi tadqiqotchilari va Senegaldagi Paster instituti olimlari bemor Marburg virusi yuqtirganini tasdiqlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring