Gana prezidenti va vazirlarining maoshlari qisqartirildi
Gana prezidenti Nana Akufo-Adda hamda mamlakatning barcha vazirlari o‘z maoshlarini 30 foizga qisqartirishdi.
«Tejamkor siyosat»ga undagan narsa — Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar ortidan yonilg‘i narx-navosining oshib ketganligi.
Gana moliya vaziri Ken Ofori-Atta hukumat yuqori rahbarlarining maoshlari qisqartirilishi hisobiga 400 million AQSh dollari atrofida mablag‘ tejalishini aytdi. Yana bir ibratli tashabbus shundan iboratki, amaldorlarning xorijga safarlari va chet el mashinalarini xarid qilishi ham to‘xtatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter