Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘amxo‘rligi uchun taqdirlangan «Yil onasi» bolalarni urib-tepgani uchun qamaldi

G‘amxo‘rligi uchun taqdirlangan «Yil onasi» bolalarni urib-tepgani uchun qamaldi

Foto: «Life.ru»

Estoniyada «Yil onasi 2013» sohibasi Malle Kobin bolalarga zulm qilgani uchun sud qilindi, deya xabar berdi ERR.

Ayol to‘rt yilu olti oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Uyezd sudi uni voyaga yetmagan shaxslarni noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va ularga jismoniy zarar yetkazishda aybdor deb topdi.

Ayolning qurbonlari 9 — 17 yoshlar atrofida. Kobin ularni asrab olgan. Ayblov hujjatiga ko‘ra, ayol asrab olgan bolalarni muntazam urib-tepgan, shuningdek, bir necha soatdan bir necha kungacha qamab qo‘ygan.

Kobin 2013-yili «Yil onasi» degan nomga musharraf bo‘lgan. O‘shanda o‘zining besh nafar farzandi va 12 nafar asrab olgan bolasi bo‘lgan. 2014-yilda esa bolalarni himoya qilish faoliyati bilan shug‘ullangani uchun Estoniya qizil xoch ordeni bilan taqdirlangan.

2019-yilda ijtimoiy ta’minot bo‘limidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblov xulosasida 2016 — 2019-yillar davomida besh nafar bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring