Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qarorni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qabul qilgan.
34 yoshli Attal shu paytgacha ta’lim vaziri edi.
Dushanba kuni davlat rahbari 2022 yilning may oyidan beri bosh vazir lavozimida ishlab kelgan Elizabet Bornni lavozimidan ozod qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter