Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchining yarim million dollarlik soatlarini o‘g‘irlab ketishdi

Futbolchining yarim million dollarlik soatlarini o‘g‘irlab ketishdi

AQShning Los-Anjeles shahrida mashhur fransuz futbolchisi Olive Jiruning uyini tunab ketishdi.

Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarning uyidan qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlangan. Bu ma’lumotni uyning oynasi singanligini aniqlagan fransuz futbolchisining rafiqasi tarqatgan.

Noma’lum jinoyatchilar 10 dan ortiq erkaklar soatlarini o‘g‘irlashgan, ularning qiymati qariyb yarim million AQSh dollariga teng.

Hozirda politsiya ushbu o‘g‘irlikni tergov qilmoqda, o‘g‘rilar qidirilmoqda.

Olive Jiru 2024 yilning yozida «Los-Anjeles» klubi safiga kelib qo‘shilgan va bir necha oydan so‘ng AQSh kubogini qo‘lga kiritgandi.

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi 2024 yilning 24 mayida mamlakat terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring