Fukusimaning radioaktiv suvini dengizga oqizishmoqchi: qanchalik xavfli?
Yaponiya hukumati 2011-yili avariyaga uchragan «Fukusima-1» atom elektr stansiyasining bir millon tonnadan ortiq radioaktiv suvini dengizga oqizib yuborishga qaror qildi. Bu haqda yapon OAVlariga asoslanib «Deutsche Welle» yozmoqda.
Minglab konteynerlarda saqlanayotgan radioaktiv suv avvaliga yaxshilab tozalanadi. Suv tarkibida filtratsiyalashga bo‘ysunmas yagona modda — tritiy qoladi. Tritiy miqdori juda yuqori bo‘lgandagina insonlar salomatligi uchun xavfli. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ham juda sifatli tozalangan suvni okeanga oqizish ekologiya uchun xavfsiz deb hisoblamoqda.
«Fukusima» suvini dengizga oqizish — majburiy chora, chunki konteynerlar yetmay qolishi mumkin. Radioaktiv suvni tozalab ochiq havzalarga oqizib yuborish texnologiyasi dunyodagi barcha atom reaktorlarida qo‘llaniladi, xususan, yapon hukumati ham ushbu jarayonni xavfdan xoli deb hisoblamoqda. Ammo baliqchilar va fermerlar qarordan norozi: odamlar ularning mahsulotlarini xarid qilmay qo‘yishlari mumkin.
Albatta, bu borada shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmaydi, Fukusima suvini kamida bir yilgacha oqizmay turishni rejalashtirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter