Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FT: Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreya bilan urush rejalarini ishlab chiqqan

FT: Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreya bilan urush rejalarini ishlab chiqqan

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreya bilan urush rejalarini ishlab chiqqan.

Financial Times nashrining G‘arb manbalari taqdim etgan rus harbiylarining 2013-2014 yillardagi maxfiy hujjatlariga tayanib yozishicha, Rossiya harbiylari ikki davlat hududidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv vaqtida zarba berishi mumkin bo‘lgan 160 ta ob’yektdan iborat ro‘yxatni tayyorlagan.

«Ushbu ro‘yxatdagi ob’yektlarning yarmi harbiy maqsadli bo‘lib, ular orasida Yaponiya va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining qo‘mondonlik markazlari, radiolokatsiya tizimlari, aviabazalar va harbiy-dengiz ob’yektlari bor. Ammo ro‘yxatda fuqarolik va energetik infratuzilma, jumladan zavodlar, ko‘priklar va hatto atom elektr stansiyalari ham keltirilgan. Hujjatlarda, shuningdek, zarba berishda X-101 raketalaridan foydalanish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan», – deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, bu hujjatlar Rossiya harbiylarining 2008–2014 yillar oralig‘ida potensial hujumlarga tayyorlanishlari uchun mo‘ljallangan.

«Ammo ular Rossiyaning harbiy strategiyasi uchun hali ham dolzarb. Rossiya harbiylari NATO bilan urush yuz bergan taqdirda mamlakatning sharqiy chegaralari zaif nuqta bo‘lib qolishini va AQSh hamda uning ittifoqchilari tomonidan hujumga uchrash ehtimoli mavjudligini xavotir bilan kutmoqda», – deyiladi FT maqolasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring