«Fransuz Afrikasi davri» o‘tmishda qoldi — Makron
«Fransuz Afrikasi davri» o‘tmishda qoldi. Gabonga rasmiy tashrifi chog‘i Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shunday bayonot berdi.
Parij bu mamlakatning ichki siyosatiga ta’sir ko‘rsatishga intilmaydi. Fransiyaga yo‘q joydagi maqsadlarni to‘nkashmoqda. Gabonga tashrifimizdan maqsad kimgadir qandaydir majburiyatni yuklash emas, balki ushbu mamlakat va uning xalqiga do‘stligimizni isbotlash va hurmat bajo keltirishdir. Endi «Fransafrika» yo‘q, o‘rnini teng huquqli sheriklik egallaydi, ta’kidladi Makron.
Markaziy Afrika mamlakatlariga tashrifi arafasida Fransiya prezidenti, bu mintaqadagi harbiy kontengent sonini sezilarli ravishda kamaytirishga va’da bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter