Fransiyada tibbiy niqoblar saqlanayotgan ombor yonib ketdi
Fransiya shimolida joylashgan Bobini shahridagi omborda kelib chiqqan yong‘in tibbiy niqoblarning kulini ko‘kka sovurdi, deya xabar berdi «Parisien» gazetasi.
Nashrning yozishicha, yong‘in shanba kuni ertalab gazlama va tibbiy niqoblarga to‘la konteynerlar saqlanayotgan ulkan ombor hududida kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida yonib ketgan niqoblar soni haqida ma’lumot berilmagan.
Gazetaning ta’kidlashicha, yong‘in tufayli faqat moddiy zarar yetgan, birorta ham inson shikastlanmagan. Voqea yuz bergan joyga 150 nafar o‘t o‘chiruvchi va juda ko‘p miqdorda texnika jalb etilgan.
Yong‘in sababi va aybdorlar hali aniqlanmadi. Politsiya ushbu ish yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter