Fransiyada 1 milliondan ortiq odam ish tashladi
Joriy yilning 19 yanvar kuni Fransiyada pensiya yoshini oshirishga qarshi namoyishlarda 1,12 millionga yaqin kishi qatnashdi. Bu haqda BFM TV telekanali Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Ikki kun ichida Fransiyada jami ikki yuzdan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Nashrning qayd etishicha, Parijda 80 ming fransuz ko‘chaga chiqqan. Parijliklar qorong‘i tushsa ham uylariga qaytishmayapti.
Namoyishchilar pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshiruvchi islohotni bekor qilishni talab qilmoqda. 2030 yilgacha yangi tizimga to‘liq o‘tish rejalashtirilgan.
Kasaba uyushmalari namoyishchilar sonini taxminan ikki baravar ko‘p deb hisoblamoqda. Ish tashlash metro liniyalaridagi ishlarning uzilishiga, temir yo‘l transporti jadvallari va aeroportlar faoliyatining buzilishiga olib keldi. Boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilari ish tashlashdi. Payshanba kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish qisqartirildi va Fransiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari ishi to‘xtab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter