Fransiya xavfli to‘fonga tayyorlanmoqda
Mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida zarg‘aldoq tusli xavf e’lon qilingan. Mahalliy aholi kuchli yomg‘ir va ehtimoliy suv toshqinlariga tayyorlanmoqda. Ayrim joylarda shamol tezligi soatiga 170 kilometrga yetishi kutilmoqda.
Euronews to‘fon mintaqaga Atlantika okeanidan yaqinlashayotgani, uchta departamentda ob-havo xavfining eng yuqori darajasi – qizil tusdagi xavf e’lon qilingani haqida xabar bergan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin qizil tusli xavf e’lon qilingan hududlar aholisini tunda uylarini tark etmaslikka, daraxtlar va dengizdan uzoqroq turishga chaqirgan. Xabarlarga ko‘ra, to‘fon paytida dengiz to‘lqinlarining balandligi 10 metrga yetishi taxmin qilinmoqda.
Dengiz bo‘ylab olib boruvchi ayrim yo‘llar yopilgan. Mintaqaviy va shaharlararo poyezdlar harakati ham to‘xtatilgan. To‘fon xavf solayotgan hududga 3200 nafar qutqaruvchi va to‘rtta vertolyot safarbar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Franiya prezidenti Emmanuel Makron ayni paytda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter