Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fransiya urush yoqasida» — Prezidentlikka sobiq nomzod

«Fransiya urush yoqasida» — Prezidentlikka sobiq nomzod

Noroziliklar fonida Fransiya fuqarolar urushi yoqasiga kelib qoldi, dedi «Rekonkista» siyosiy partiyasi rahbari, prezidentlikka sobiq nomzod Erik Zemmur.

«Bu etnik, irqiy urush. Menimcha, bizga dadil va qat’iy qaror chiqara oladigan kimdir kerak. Agar men hokimiyatda bo‘lganimda, avvalo immigratsiyani to‘xtatgan bo‘lardim», — deydi Zemmur.

Shuningdek, u xorijliklarning Fransiyaga kelishiga ruxsat beruvchi qator qoidalarni bekor qilishini, tartibsizliklar ishtirokchilarini qattiq jazolashini qo‘shimcha qilgan.

Fransiyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, asli jazoirlik yahudiy bo‘lgan siyosatchi: «So‘nggi 40 yil ichida migratsiya oqibatlarini barcha fransuzlar ko‘rib turibdi», deya ta’kidlaydi.

Shuningdek, u 2005 yilda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash voqeani esga olgan.

«2005 yilda faqat shahar atrofi zarar ko‘rgandi. Hozir butun Fransiya zarar ko‘rmoqda: Parijdan tortib kichik shaharchalargacha. Nega ular zarar ko‘rmoqda? Chunki so‘nggi 20 yil davomida biz migrantlarni tarqatib keldik. Bu butun Fransiya bo‘ylab migrantlarni tarqatish siyosati edi. Bu g‘alayonlar bugungi kunda barcha fransuzlarga ta’sir qilishiga olib keldi», deydi Zemmur.

Eslatib o‘tamiz, butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli norozilik namoyishlari politsiya xodimlari Noil ismli 17 yoshli o‘smirni otib o‘ldirganidan keyin boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring