Fransiya Ukraina armiyasini tank va zirhli texnika bilan ta’minlaydi
Bugun, 15 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaga tashrif buyurib, hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashadi.
Ukraina rahbari Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukrainaning harbiy va gumanitar ehtiyojlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv oldidan chop etilgan qo‘shma bayonotda aytilishicha, Fransiya yaqin haftalarda bir nechta Ukraina batalonlarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazadi va ularni o‘nlab zirhli texnika va «AMX-10RC» tanklari bilan jihozlaydi.
Qayd etilishicha, siyosatchilar Rossiyaning noqonuniy bosqinchilik urushini davom ettirish qobiliyatini zaiflashtirish uchun Moskvaga nisbatan keyingi sanksiyalar cheklovlari orqali jamoaviy bosimni kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda.
Shuningdek, Makron Ukraina aholisini Rossiya zarbalaridan himoya qilish uchun Ukrainaning havo hujumidan mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish niyatida ekanligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter