Fransiya sobiq prezidentiga bir yil qamoq jazosi berildi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 2012-yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topildi. Sud unga bir yil qamoq jazosini tayinladi.
Sud siyosatchi saylovoldi poygasi uchun xarajatlari qonunda belgilangan 22,5 mln. yevrodan oshib ketganini aniq bilgan, degan qarorga keldi, yozmoqda RFI.
Sarkozining 2007 va 2012-yillardagi saylovoldi kampaniyalari molyalashtirilishini tekshirgan tergovchilarda u «L’Oreal» egalaridan biri Lilian Betankur hamda Liviya diktatori Muammar Qaddofiydan noqonuniy xayriyalar olgan, degan gumon paydo bo‘lgan.
Oshib ketgan xarajatlarni xaspo‘shlash uchun siyosatchining shtabi soxta hisob-raqamlardan foydalangan.
Sobiq prezident Nikolya Sarkozi bungacha ham korrupsiya va xizmat vazifasini suiiste’mol qilganlik kabi qilmishlari uchun sud tomonidan jazolangandi. O‘shanda sudya unga uch yil qamoq jazosi (ikki yili — shartli) tayinlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter