Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya prezidenti: «IShID tor-mor etilsa ham, AQSh va ittifoqchilari Suriyada qolishi kerak»

Fransiya prezidenti: «IShID tor-mor etilsa ham, AQSh va ittifoqchilari Suriyada qolishi kerak»

Foto:«InoSMI»

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron 22-aprel kuni «Fox News» kanaliga bergan intervyusida IShID to‘liq tor-mor etilgandan so‘ng ham AQSh va uning ittifoqchilari Suriya hududida qolishi lozimligini aytgan. Uning fikricha, bunday qilinmasa, Eron va Asad hukumati mamlakatda yana urush olovini yoqadilar.

«Terrorchilar to‘liq mag‘lub etilgandan so‘ng ham, AQSh, Fransiya va boshqa sheriklarimiz, hatto Rossiya, Turkiya ham yangi Suriya bunyod etilishida muhim rol o‘ynaydi. Ammo kelajakning yaratilishi Suriya xalqining qo‘lida», — deya bayonot bergan Makron.

 Shuningdek, Makron Rossiya bilan munosabatlarda G‘arb davlatlari sustkashlikka yo‘l qo‘yishi kerak emasligini, ruslar bundan doimo foydalanib qolishini aytgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring