Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya o‘z hududida muhojirlar markazlarini ochmaydi

Fransiya o‘z hududida muhojirlar markazlarini ochmaydi

Foto:«AP»

«Fransiya o‘z hududi muhojirlar markazlarini ochmaydi», – degan prezident Emmanuel Makron kecha Yevropa kengashi yig‘ilishida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Fransiya muhojirlar mamlakati emas. Ko‘pchilik bizni shunga undayapti, lekin men rad etdim. Chunki biz hadeb ish uslubi va prinsiplarimizni o‘zgartiraverishga majbur emasmiz», – degan Fransiya yetakchisi muhojirlar to‘g‘risidagi savolga javob bera turib.

Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Yevropa masalalari bo‘yicha vazir Natali Luazo bu savolga javob berishni istamagan edi.

Bryusselda shu yil 28 — 29-iyun kunlari Yevropa kengashi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda migratsiyaga oid 4 ta hujjat ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring