Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Gretsiyani Turkiyadan himoya qilish uchun samolyotlarini uchirmoqchi

Fransiya Gretsiyani Turkiyadan himoya qilish uchun samolyotlarini uchirmoqchi

Foto: «Slon.fr»

Fransiya Sharqiy O‘rta Yer dengiziga harbiylarini yuboradi. Mamlakat Gretsiyani Turkiyaning tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoya qilish uchun mintaqadagi ishtirokini kuchaytirmoqchi, deya xabar berdi «Reuters».

Gap ikkita qiruvchi Rafale va Lafayette fregati haqida bormoqda. Parijga yaqin manbalarga ko‘ra, bu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning qarori — u Turkiyaning dadilligidan tashvishga tushib qolgan.

Ta’kidlanishicha, Fransiya mintaqada dengiz kemalari xavfsizligi va harakat erkinligiga, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilinayotganiga ishonch hosil qilmoqchi.

Iyun oyining boshlarida turk hukumati Kipr shelfida «davlat manfaatlarini himoyalashga» qaror qildi: Anqara «ayrim davlatlarning adovatli harakatlariga qaramay» geologik qidiruv ishlarini davom ettirmoqchi.

Sharqiy O‘rta Yer dengizi sohillari, bir tomondan, Yevropa Ittifoqiga a’zo Gretsiya va Kipr, ikkinchi tomondan, Turkiya o‘rtasidagi ziddiyat o‘chog‘iga aylangan. Turkiya bir necha bor Kipr turklari va Kipr greklarini konlarni birgalikda o‘zlashtirishga chaqirgan. Energiya manbalarini taqsimlash bo‘yicha tortishuvlarga Misr bilan Isroil ham qo‘shilgan.

Qarama-qarshilik 1974-yilda Kiprda orolning Gretsiya tomonidan anneksiya qilinishi maqsadida davlat to‘ntarishi sodir bo‘lganda kelib chiqqan. O‘shanda Turkiya Kiprning shimoliga qo‘shin yuborgan va egallab olgan hududida Kipr-turk federativ davlatini e’lon qilgan. Keyinchalik Shimoliy Kipr turk respublikasi deya qayta nomlagan. Orolning qolgan qismini hozir Kipr respublikasi hukumati nazorat ostiga olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring