Fransiya eng eski AESini yopmoqda
Fransiyadagi eng eski atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini to‘xtatish ishlari boshlandi.
Ushbu AES Fessenhaymda joylashgan.
«EDF» energetika kompaniyasi mamlakat shimoli-sharqida, Germaniya bilan chegaraga yaqinda joylashgan ushbu AESni bosqichma-bosqich to‘xtatib boradi. 2020-yilning 30-iyunida AESning ikkinchi reaktorini ham to‘xtatish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2035-yilgacha jami 14 ta atom rektori to‘xtatilishi va AESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi 50 foizga kamayishini ma’lum qilgandi.
Aslida reaktorlar 2016-yilda (Fransua Olland davrida) yopilishi kerak edi, biroq «Flamanvill» AESi ochilishi 2018-yilga surilgani bois, reja ham kechiktirilgandi.
Ma’lumot uchun: yopilayotgan «Fessenhaym» AESi Yaponiyadagi «Fukusima-1» AESi bilan tengdosh — 1977-yilda ochilgan. Har biri 900 MVt quvvatga ega ikkita energoblokdan tashkil topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter